Dermatolog

Dermatolog bu teri, tirnoqlar va sochlar bilan bog’liq kasalliklar bilan shug’ullanadigan shifokordir.Dermatologiya (dermato... va ...lo-giya) — teri kasalliklari haqidagi fan; klinik tibbiyotning bir sohasi. Terining buzilishi, vazifasi, sogʻlom teri va kasallik holati, shuningdek, organizmning boshqa kasalliklarida terida boʻladigan oʻzgarishlarni oʻrganadi. Teri kasalliklarini aniqlash, davolash va oldini olish masalalarini ishlab chiqadi. Dermatologiya umumiy va xususiy qismlarga boʻlinadi. Umumiy Dermatologiya sogʻlom hamda kasal terining anatomiyasi va fiziologiyasini, teri kasalliklarining yuzaga kelish sabablari, davolash va oldini olish usullarini, xususiy Dermatologiya esa teri, soch va tirnokda paydo boʻladigan ayrim kasallik belgilarini, qoʻzgʻatuvchilarini, davolash usullarini oʻrganadi. Dermatologiya venerologiya, ichki kasalliklar, nevropatologiya, endokrinologiya, psixiatriya va b. tibbiyot fanlari bilan chambarchas bogʻlangan.

Dermatologning ishi teri kasalliklari va muammolari bilan bog’liqdir. Shifokor tashxis qo’yadi, keyin teri qoplamalarini davolashga o’tadi. Inson barcha yoshda teri kasalliklari bilan chalinishi mumkin. Teri yoki boshqachasiga aytganda epiteliy inson organizmidagi eng kata organlardan biri hisoblandadi. Teri juda ham muhim vazifalarni bajaradi: nafas oladi, terini salbiy ta’sirlardan himoya qiladi. U tashqi tomondan ta’sirlanishga moyil. Unga xar hil infeksiyalardan tashqari onkologik o’smalar ham zarar yetqazishi mumkin. quyosh ta’sirida terida dog’lar paydo bo’lishi mumkin.

Ko’pincha dermatolog quidagi kasalliklarni davolash bilan mashg’ul bo’ladi: ekzema, dermatit, qichima, psoriaz, husun buzarlar, parazitlar, kuyish, infeksiyalar, lishay, toksik va allergic toshmalar. Bu ro’yxatga kosmetik xarakterga ega bo’lgan teridagi xar hil muammolar o’sma hosil bo’lishiga olib keladi. Barcha teri kasalliklarida dermatolog ko’rigidan o’tishingiz talab etiladi. Ko’rikda shifokor e’tibor bilan teri muammosini tahlil qiladi va o’zining kerakli ko’rsatmalarini beradi. Davolashda shifokor dori-darmon yoki fizioterapiyani qo’llaydi. Hech qachon terini infeksion kasalliklarini e’tiborsis qoldirish mumkin emas. Chunki bu terini yallig’lanishiga va asoratlanishga olib keladi. Terining eng havfli kasalliklariga teri o’smalari va melanoma kiradi. Oddiygina ko’ringan hol ham sekin-asta o’sib, kattalashib, qichishib, o’z rangini o’zgartirib, qontalashib o’zagarishi mumkin. tanadagi xar qanday holning o’zgarib qolishi Sizni havotirga solishi lozim. Hattoki profilaktik muolajalar ham Sizni teringizni dermatologic kasalliklardan himoya qilaolmasligi mumkin. hattoki kundalik hayotda ishlatiladigan kimyoviy vositalar ham terida allergic reaksiyalarni keltirib chiqaradi. Har qanday qirilgan va kesilgan jarohatlarni kerakli dori vositalari ilan tozalash kerak. Kimyoviy vositalarni ishlatayotganda mahsus qo’lqoplarni taqish, go’zallik salonlarida steril instrumentlarni ishlatishni talab e’tish lozim va bu profilaktik chora tadbirlarning kichik bir qismidir.