Bolalar nevropatologi

Xar bir bolakayni hayotidagi muhim shifokorlardan biri bu bolalar nevropatologi. Bu kasb sohibi bolalarni tug’ilganidan to 15 yoshiga qadar davolaydi. Bolalar nevropatologi ikki turga bo’linadi: Birinchisi tug’ilganidan 7 yoshgacha qaraydigan nevropatolog. Ikkinchisi 7 yoshdan to 15 yoshgacha qaraydigan nevropatolog.Nevrologiya bu markaziy asab sistemasi kasalliklari bilan shug’ullanadigan, ularni kelib chiqish sabablarini o’rganadigan va ularni davolashga o’z e’tiborini qaratgan tibbiyotning bir qismidir. Nevrologiya (nevr… va …logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funksiyalari, uning filogeneza va ontogenez" qonuniyatlari toʻgʻrisidagi tibbiy-biologik fan. Nevrologiyaning boʻlimlari — nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi, embriologiyasi, neyrofiziologiyasi, patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiyena va boshqa qadimgi dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar maʼlumotlarga ega boʻlgan

.

Agar statistic ma’lumotlarga qaraydiga bo’lsak xar bir 5 go’dakda markaziy asab tizimini buzulishlari uchraydi. Shu buzulushlar bilan nevropatolog shug’ullanadi. Davolanish bolani hayot tarzini pasayishiga olib keladigan asoratlarni oldini olish uchun juda muhim. Bolalar nevropatologi yuqori malakali mutaxassis bo’lishi bilan birgalikda tashxis qo’yishni uddalay bilishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki bolalar asab tizimi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi va o’sish jarayonida shakllanib boradi. Shuning uchun bu tizim mutaxassis ko’rigiga muxtoj. Agar kichik bo’lsa ham bironta kasallik ko’zdan qochirilsa bu kelajakda bolakayni nogiron bo’lib qolishiga hattoki o’limiga olib kelishi mumkin. Bolalar nevropatologi periferik asab tizimini va ularni funksional buzulishlarini davolash bilan shug’ullanadi. Nevrolog ko’rigini har 3 oyda 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda, 1 yoshdan yuqori bo’lganlar yilda 1 marotaba o’tishlari lozim. 1 yoshgacha shifokor bolani haddan ziyod ta’sirchanligiga, uyqusizligiga, bosh miya travmalariga ahamiyat qaratishi kerak. Bolalar nevropatologi bosh miyaga alohida e’tibor qaratishi lozim. Uning vazifasi bosh miyasini rivojlanishini, qon aylanishidagi buzilishlarini tekshirishi lozim. Ota-onalar agar o’z farzandlarida quidagi belgilarni: tez-tez takrorlanadigan bosh og’riqlari, mushaklarni tortishishi, duduqlanish va so’zlashishni jarayonini buzulishi, 5 yoshdagi enurez holati, hushsizlik holatlari ko’rganida darhol nevropatolog ko’rigiga bolalarini olib borishlari zarur.