Kardiolog terapevt

Kardiolog-terapevt bu yurak qon tomir kasalliklarini tashxislaydigan va davo choralarini ko’radigan mutaxassis hisoblanadi. Kardiologiya (kardio... va ...logiya)— tibbiyot fanining bir boʻlimi: yurak-tomir sistemasining tuzilishi, funksiyasi va kasalliklarini, ularning yuzaga kelish sabablari, rivojlanish mexanizmlari, oʻziga xos kechishi hamda diagnostikasini oʻrganadi, shuningdek, ularni aniqlash, davolash va oldini olish usullarini ishlab chiqadi. Kardiologiyaning mustaqil fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi 19-20-asrlarga toʻgʻri keladi.

O’rta yoshdagi insonlar eng ko’p uchraydigan kasallik bu Miokard Infarkti. Miokard infarkti — bu yurak to‘qimalari nekrozi (halokati). U oziqlantiruvchi arteriyalarning torayishi natijasida mushaklarga kislorod yetishmaganda paydo bo‘ladi. Ishemik kasallik infarktga aylanishi uchun ba’zan hech qanday qo‘zg‘atuvchi omillar kerak bo‘lmaydi: shunchaki uyqudan uyg‘onib, karavotdan turishning o‘zi yetarli. Stress yoki noodatiy jismoniy harakatda yurak xuruji xavfi oshadi. Asosiy belgi — ko‘krak qafasidagi kuchli og‘riq, bu ba’zan chap qo‘l, chap yelkada ham kuzatiladi. Og‘riq har xil bo‘ladi: ko‘krak qafasi siqiladi, qiziydi. Og‘riq bilan birga qo‘rquv ham qamrab oladi, inson tinchini yo‘qotadi.

Shuni ta’kidlash lozimki bugungi kunda kardiolog konsultatsiyasi xar hil yoshdagi odamlarga kerak va yurakni bizning tanamizdagi o’ynayotgan kata rolini hisobga olganda bu kasalliklardan ko’zni yumib bo’lmaydi. Ammo har bir inson etarlicha yurak hastaliklarini simptomlariga ahamiyat berishmaydi. Kardiologlarni ta’kidlashicha agar inson o’z vaqtida ularning ko’rigiga kelib o’ yuragini tekshirtirib, kerakli maslaxatlarni olsa barch yurak qon tomir kasalliklarini oldini olishi va o’z hayotlarini saqlab qolishlari mumkin.

Shu belgilarni aniqlaganingizdan keyin tezda kardiolog shifokor huzuriga shoshilishungiz darkor. Kardiologik muammolar hozirda nafaqat yoshi o’tgan kishilarda balkim yoshlarda ham tez tez uchrab turibdi. Bu hayotiy ritm va ko’plab uchraydigan stresslarning natijasidadir. Bundan kelib chiqib mutaxassislar kamida 1 yilda 1 marotaba kardiolog ko’rigidan o’tishni 35 yoshdan va yuqori bo’lgan bemorlarga tafsiya etishadi. Yuragida nuqsoni bor insonlar yoshligidanoq muntazam ravishda kardiolog ko’rigidan o’tib turishlari lozim. Mutaxassislar davolash jarayonida konservativ va operativ davo yo’llarini qo’llaydilar. Lekin ular asosan o’z e’tiborlarini yurak kasallilarini profilaktikasiga qaratishadi. Bu esa o’z navbatida kasalliklarni asoratlarini oldini olishni ta’minlaydi.