Kosmetolog

Kosmetolog bu oliy ma’lumotga ega bo’lgan, teri va tanani yoshartirish, davolash bilan shug’ullanadigan shifokor hisoblanadi. Kosmetolog ayyollarni yoshligi va tabiiy go’zalliklarini uzaytirishga qodir bo’lgan mutaxassislardir. Bu mutaxassisning asosiy vazifasi teri qatlamlarini uzoq vaqt chiroyli va silliq bo’lishi uchun kurashishdir. Bundan tashqari malakali kosmetolog dermatologiyadan xabardor bo’lishi va teri muammolarini davolashda bu bilimlarni amaliy qo’llay bilishi lozim. Kosmetolohning vazifalari mijozning terisini turini aaniqlash va uning uchun individual tiklanish muolajasini tanlay bilishdir. Kosmetologlar shuningdek teridagi husunbuzar toshmalarni bartaraf etish, chandiqlardan terini halos etish yoki ularni hajmini kichraytirish, pigment dog’larni oqartirish va epilayatsiya bilan shug’ullanadi.

Gohida vitaminlar yetishmasligi tufayli bahor faslida yuz terisidagi rangparlik, terining qurishi va qizarishi, o‘lik to‘qimalar, havo haroratining doimiy o‘zgarishi natijasida terining suvsizlanishi kabi holatlar kuzatiladi. Muammoning yechimini topish uchun esa odatiy pardoz vositalaridan tashqari maxsus parvarish jarayonini ham bajarish kerak. Barcha parvarish sirlarini esa Siz faqat tajribali kosmetolog ko’rigidagina topishingiz mumkin. Kosmetolog-shifokor terini parvarish qilish, uning turli nuqsonlarini yoʻqotish, soch, ogʻiz boʻshligi, tirnoqlarni parvarishlashning gigiyenik va davo tadbirlarini oʻz ichiga oladigan vazifalarni bajaradi. Teri barvaqt soʻlishining oldini olish va davolash uchun kosmetolog vrach maslahati bilan massaj, maska, losonlar, oziklantiruvchi kremlar, fizioterapevtik usullar qoʻllash tavsiya etiladi. Teri juda boʻshashib, osilib qolgan va koʻp ajin tushgan boʻlsa, jarrohlik usuli qoʻllanadi. Vrachlik Kosmetologiyasi juda quruq yoki yogʻli teri, sepkil, soch kasalliklari (qarang Soch), husnbuzar, seboreyani davolash, xunuk xol, chandiq va tatuirovkalarni, yuzdagi tugʻma va shikastlanish natijasida hosil boʻlgan nuqsonlarni yoʻqotish choralarini ham koʻradi.

Ayrim hollarda agar kosmetolog teridagi o’zgarishlar kasallikga aylana boshlayotganini payqab qolsa bir qator tahliliy analizlar maslahat beradi. Bularga: umumiy qon va siydik tahlili, qonning biokimyoviy tahlili, allergiyaga test, gormonlar tahlili kiradi. Diagnostika usullaridan shifokor terining UTTni, drmatoskopiya tekshiruvini, lazer mikroskopiyasini, fotodiagnistikani, sebumetriyani qo’llashi mumkin. boshida kosmetolog terini yaxshilab ko’zdan kechiradi, kerakli ko’rsatmalarni berib so’ng muolajalarga o’tadi. Kosmetologning eng muhim maslaxatiga teriga kata e’tibor qaratish kiradi. Bu esa faqat sog’lom turmush tarzini kechirish, stresslardan qochish, toza havoda ko’proq yurish yo’li bilangina erishiladi.