Labaratoriya:

Tanamiz noyob dori-darmondir va uni to'g'ri ishlatish uchun ko'p yo'riqnomalarni bilishimiz kerak. Laboratoriya (lot. laboratorium „ishxona“) ilmiy tadqiqot, tajriba va oʻlchov oʻtkazish uchun moʻljallangan joy, obyektdir. Bu atama bilan shuningdek jarayon yoki uskunalari ilmiy laboratoriyaga oʻxshash boshqa ishxonalar ham nomlanadi (masalan, fotolaboratoriya, komputer laboratoriyasi). Agar shifokor och qoringa qon topshirishni buyurgan bo’lsa demak qonni faqat och qoringa topshirishingiz kerak. Aks holda natijalar kerakli ma’lumotlarni barmaydi.

Umumiy qon taxlili

Bu juda keng tarqalgan tahlil metodi hisoblanadi. Bu metod yourdamida qondagi qon tanachalarini holatini, ularning sonini , tarkibini aniqlashimiz mumkin. Bu metod yordamida qondagi gemoglobin va qonning qizil tanachalari cho’kish tezligini aniqlashimiz mumkin.

Koagulogramma

Bu qonning koagulyatsiyasini (qotishini) ko’rsatib beradigan metod hisoblanadi. Barchamizga ma’lumki qonda koagulyatsion tizim mavjud bo’lib u qon yo’qotish vaqtida qonni qotiradi va tromblar hosil qiladi, shu tarzda qon ketishini to’xtatadi. Agar bu tizim noto’g’ri ishlashni boshlasa Infarkt va Insult kabi jarayonlarga olib keladi.

Parazitlar va allergiya, torch

TORCH bu inson organizmida mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan havfli parazitlar abbreviativ royxati. Bu TORCH infeksiyalari nafaqat ona balkim homilaning ham umriga zomin bo’lishi mumkin. Shuning uchun TORCHga homiladorlikni avvalida tekshirilishni ayollarga tavsiya etamiz.

Gormonlar

Gormonlar (yun. hormanino — qoʻzgʻataman) — ichki sekresiya bezlari (endokrin bezlar)da ishlanib chiqib, qonga va toʻqima suyuqligiga oʻtadigan biologik faol moddalar. Ular butun organizmga tarqalib, turli aʼzo hamda toʻqimalarning faoliyatini boshqaradi. Demak, Gormonlar maʼlum miqdorda ishlanib chiqib, moddalar almashinuvini va organizmning boshqa funksiyalarini taʼminlaydi.

Elektrolitlar

Bu organizmdagi kichik zaryadlangan zarrachalr. Ular asosan kislota, ishqor va ba’zi boshqa molekulalarni suv bilan aralashuvi oqibatida yuzaga keladi va qonni 1 foizini tashkil qilishadi. Elektrolitlarga Kaliy, Magniy,Xlor, Natriy va Kaltsiy kiradi. Elektrolitlar kamaysa yoki ko’paysa organizmda xar hil o’zgarishlar vujudga keladi. Masalan tutqanoq, qaltrash, yurak aritmiyasi, asab kasalliklari kelib chiqadi.

Lipidnlar spektri

Bu organizmdagi yog’ almashuvini yoritib beradigan analiz hisoblanadi va u yordamida xolesterin, trigletsitidlar va murakkab yog’larni darajasini ko’rsatib beradi. Ushbu tahlilni topshirishdan 12 soatgacha ovqat yeyilmaydi, ovqatlanish ratsioningizni o’zgartirmaysiz, alkogol va boshqa spirtli ichimliklar ichilmaydi.

Yuqumli kasalliklar

Aynan infeksiyalar ko’plab kasalliklarni qo’zg’atuvchi omil hisoblanadi. Ko’plab bakteriyalar inson tanasiga juda katta talofat va zarar yetkazishadi. Shuning uchun kasallikni ilk davridayoq bakterial tahlilga qon topshirishingizni tavsiya etamiz. Bakteriyalar bir hujayrali ko’rinishga ega bo’lib tanachasini ichida o’z yadrosiga egadirlar va o’ziga hos modda almashuv jarayonlariga egadir.

Viruski gepatitlar

Gepatit virusi bir soniyadayoq yuqadi lekin juda uzoq vaqt davomida o’zini bildirmaydi. Shuning uchun bu kasallikni tekshirish uchun qonni antigenlarga tekshirish zarur. bu o’z navbatida tez tashxis qo’yishga va darhol kasallikni davolashga o’tishga yordam beradi.

Biokimyoviy taxlillar

Biyokimyasal tahlillar, metabolizm va umumiy salomatlik haqida batafsil ma'lumot olish uchun ichki organlarning ishlash va funktsiyalarini baholash laboratoriyada tadqiqotlar o'tkazish usuli hisoblanadi. Biyokimyasal tahlil natijalari, tanada buzilgan metabolik jarayonni katta aniqlik bilan topishga imkon beradi. To'g'ri talqin qilish tufayli ichki organlarning to'liq holatini bilish mumkin.

Siydiq taxlili

Bu juda keng tarqalgan tahlil metodi hisoblanadi. Bu metod yourdamida qondagi qon tanachalarini holatini, ularning sonini , tarkibini aniqlashimiz mumkin. Bu metod yordamida qondagi gemoglobin va qonning qizil tanachalari cho’kish tezligini aniqlashimiz mumkin.

Boshqa biologik suyuqliklar taxlili

Boshqa biologik suyuqliklar taxlili

Bakteriologik ekish

Bakteriyologik ekish - turli kasalliklarning patogen omillarini aniqlash uchun laboratoriya tekshiruvidir. Ushbu tahlil yordamida tekshirilayotgan materiallarda bakteriyalarni topish, ularning miqdorini hisoblash va ba'zi dori-darmonlarga nisbatan sezuvchanligini aniqlash mumkin. Odatda, bakterial infeksiya shubha qilingan paytda bak ekish amalga oshiriladi, lekin butkul tahlil qilish uzoq vaqt talab etadi.

Revmatoid faktorlar

Revmatoid faktorlarni tahlili tez-tez kasal bo’lib turadigan bemorlarga tavsiya etiladi. Inson immunitet tizimida nuqson hosil bo'lgan bo'lsa, revmatoid faktor paydo bo'ladi. Revmatoid faktorlar darajasi qonda 14 IU / ml dan oshmasligi kerak. Bu ko’rsatgichdan oshilishi revmatoid artrit va boshqa kasalliklarning rivojlanishini ko'rsatadi.