Lor

Har bir inson umrida kamida bir bor burun, tomoq yoki quloq kasalliklari bilan kasallangandir. Quloq, burun, tomoq a’zolarini kasalliklarini otorinolaringolog shifokori tashhis qo’yib davolaydi. Otorinolaringologiya bu tibbiyotning bir yo’nalishi bo’lib u tomoqda, burunda va quloqlarda uchraydigan kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olish bilan shug’ullanadi. Otorinilaringologiyada ham jarrohlik yo’nalishi mavjud. Otorinolaringolog ya’ni LOR shifokori quidagi kasalliklarni davolaydi: neyrosensor karlik, og’ir quloqlik, otitlarni barcha ko’rinishi, Laringit, Faringit, Rinit, Burun devolini qiyshayishi, Gaymoritlar, Sinusitlar, Tozillitlarni davolaydi. Misolda sizga biroz o’tir tonzillit haqida ma’lumor beramiz. Ikki tomonli lakunar oʻtkir tonzillit

Oʻtkir tonzillit (koʻproq soʻzlashuvda „Angina“ (lot. angina — bo‘g‘ilish)) — tanglay murtak bezlarining yalliglanishi bilan kechadigan o‘tkir infeksion kasallik; ko‘proq streptokokk, stafilokokk va boshqa mikroblar qo‘zg‘atadi. Ular halqumga aksari oʻtkir tonzillit bo‘lgan bemor foydalangan uy-ro‘zg‘or buyumlari (mas, yuvilmagan idish-tovoq va boshqalar)dan tushadi. Ko‘pincha halqumda bo‘ladigan va odatda kasallik qo‘zg‘atmaydigan mikroblar ayrim noxush omillar taʼsirida, mas, kishi sovqotganda yoki harorat o‘zgarganda kasallik qo‘zg‘atishi mumkin. Halqumga muntazam tushib turadigan tutun, chang, spirtli ichimliklar, shuningdek burun orqali nafas olishni qiyinlashtiradigan adenoidlar va burun-halqumning boshqa kasalliklari oʻtkir tonzillitga sabab bo‘lishi mumkin. Burun va yondosh bo‘shliqlarining yallig‘lanishi (mas, gaymorit), shuningdek og‘iz bo‘shlig‘idagi yiringli yallig‘lanishlar (chirigan tishlar) ham oʻtkir tonzillitga sabab bo‘ladi. Kasallik to‘satdan boshlanadi. Bemorda madorsizlik, bosh og‘rig‘i, tomoq qaqrab og‘rishi, achishishi, yutinganda og‘riq kuzatiladi. Harorat ko‘tariladi (38—41°); 476murtak bezlari qizarib, ular yuzasida yiringli karash paydo bo‘ladi. Oʻtkir tonzillit bilan tez-tez og‘rish natijasida murtak bezlari surunkali yallig‘lanadigan bo‘lib qoladi. Oʻtkir tonzillitning kataral, follikulyar, yiringli va boshqa xillari farq qilinadi. Mahalliy (peritonzillyar abssess, o‘rta quloqning o‘tkir yallig‘lanishi) va umumiy (bo‘g‘imlar, yurak, buyrakning zararlanishi) asoratlar qoldirishi mumkin. Vrach ko‘rsatmalarini bekamu-ko‘st bajarish tez sog‘ayib ketishga imkon beradi va asoratlar avj olishiga yo‘l qo‘ymaydi. LOR a’zolari kasalliklarini davolashda eng muhimi yaxshi LOR shifokorni toppish zarur. Shifokor davolashda dori-darmonlardan tashqari xar-hil fizioterapevtik davo usullarida foydalanadi.

LOR huzuriga borish uchun kasal bo’lish shart emas. Odam o’z sog’ligini kasalliklardan saqlash uchun yilda ikki maotaba LOR ko’rigidan o’tishlari tavsiya etiladi. Ayniqsa sovuq yeyishni hush ko’radiganlar va yaxna ichimliklarni ichishga odatlanganlar doimiy ravishda LOR shifokori ko’rigidan o’tib turishlari lozim. Yuqorida keltirilgan kasallik misolida ko’rsatilganidek, yurak va bo’g’imlar salomatligi og’iz bo’shlig’I, burun va quloqlarni salomatligiga chambarchas bog’liq. Shuning uchun quloq, burun, tooq sohalarini salomat holida juda muhim.