Davolanish:

Davolanish bu tanadagi patologik o’zgarishlarni to’xtatish va sog’likni tiklashga qaratilgan kompleksi hisoblanadi. Davolanishda konservativ va operativ yo’llar mavjud bo’lib kasallikni darajasiga qarab tanlanadi. Konservativ davolashda shifokor faqat dori vositalaridan va fizioterapevtik muolajalardan foydalanadi. Operativ davo esa birinchi navbatda o’z ichiga jarrohlik amaliyotini oladi. Jarrohlik amaliyoti esa o’z navbatida palliativ va radikal turlarga bo’linadi. Radikal jarrohlik bilan davolanish bu bir marotabalik operatsiya yordamida bemorni ahvolini butkul tuzatishga qaratilga.

Elekromatras

Elekromatras to’k yordamida ishlaydi va tanani qizdirishga yordam beradi. Muolaja vaqtida bemorda huddi iliq isitguvchi ichida yotgandek hissiyot paydo bo’ladi. Elekromatras bu havfsiz uskuna bo’lib ko’p yillardan beri bemorlarda sinalgan. Shunungdek unda massaj funksiyasi mavjud bo’lib undan ko’pgina bemorlar foydalanishadi. Elekromatrasni o’zi yumshoq bo’lib hamma simlari ichida joylashgan. Ularni sezish mumkin emas va ular butunlay izolatsiya qilingan.

Post akneni davolash

Post akne bu husunbuzarni siqib chiqarilgandan keyin yuzda qoladigan chuqurchalardir. Post akneni bartaraf etish uchun kosmetologning muolajasini olish darkor. Post akneni davolash qiyin jarayon hisoblanadi, chunki husunbuzar siqilganda terida jarohat hosil bo’ladi va bu jarohatni davolash ancha mashaqatni talab etadi.

Mezoterapiya

Mezoterapiya bu teri ostiga yuboriladigan inyeksiyalardir. Inyeksiyani o’zi vitaminlar va o’simliklar ekstraktidan tashkil topgan. Mezoterapiya yosharish, teri tonusini oshirish uchun va yig’ilib qolgan yog’lardan halos bo’ish uchun qo’llaniladi. Bu muolajani Ommabobligining sabablaridan biri bu jarrohlik yo’lisiz teri muammolaridan Sizni qutqaradi. Shifokor juda ingichka ignali shprits yordamida teriga inyeksiya qiladi.

Post akneni davolash

Post akne bu husunbuzarni siqib chiqarilgandan keyin yuzda qoladigan chuqurchalardir. Post akneni bartaraf etish uchun kosmetologning muolajasini olish darkor. Post akneni davolash qiyin jarayon hisoblanadi, chunki husunbuzar siqilganda terida jarohat hosil bo’ladi va bu jarohatni davolash ancha mashaqatni talab etadi.

So’gallarni olib tashlash

So’gal bu yuz defektigina bo’lib qolmay yomon immunitetdan ham darak beradi. So’gallarni chiqish sababi bu papilloma virusni yuqdirishdir. Avvalambor shifokor so’galni turini aniqlaydi, so’ngra turiga qarab muolaja tanlaydi. Shunfagina so’galdan butunlay halos bo’lishingiz mumkin. Muolaja og’riqsiz va juda ham foydalidir. So’galni olib tashkash birnecha yo’l bilan amalga oshiriladi: lazer, radioto’lqinlar va boshqalar.

Noandrogenetik alopetsiyani davolash

Androgenetik alopetsiya bu sochlarni juda tez to’kilib ketishi hisoblanadi. Muvaffaqiyatli davo usuli tanlanganda ayollarni sochi to’kilishdan to’xtaydi, sochlar qalin lashadi, yuz terisi yaxshilanadi, yog’lardan forig’ bo’ladi va yuzingizni rangi go’zallashadi. Lekin bu muolajani juda uzoq vaqt davomida olish lozim. Shundagina soch to’kilishidan butunlay qutulishingiz mumkin.

O’choqli alopetsiyani davolash

O’choqli alopetsiya bilan ayollar barcha yoshda kasallanishlari mumkin. ko’pchikik bu kasallikdan forig’ bo’lishlari mumkin, lekin ko’pincha bu kaallik surunkali tus oladi. O’choqli alopetsiya organizma zarar etkazmaydi lekin kosmetik defekt bo’lib qoladi. Xar bir bemor uchun alohida davo kursi tanlanadi.

Ignarefleksoterapiya

Mutaxassis bemorning tanasini maxsus nuqtalariga igna sanchiydi. Bu esa o’z navbatida ko’plab kasalliklarni davolashda va oldini olishda yordam beradi. Ignaterapiya orqali shifokor inson organizmini ko’plab nuqtalariga ta’sir ko’rsatadi va bu nuqtalar esa o’z navbatida organlarni faoliyatini yaxshilaydi.

Qon chiqarish (Keraksiz qondan halos qilish)

Oxirga vaqtda qon chiqarib tanani keraksiz “zararli” qondan halos qilish muolajasi ommalashib bormoqda. Insinni qon tizimidan oz miqdorda qon olinib tashlanadi. Bu vena tomiridan yoki zuluklar qo’yish orqali amalga oshiriladi. Muolaja vaqtida insonning yurak urushi oshadi va qon bosimi pasayadi. Bu muolaja orqali inson yosharishi va o’z qonini yangilab olishi mumkin.

Magnit lampa

Magnit lampa bilan davolash qadimda paydo bo’lgan. Bugungi kun tibbiyotida bu uslub koplab kasalliklarda juda effektiv hisoblanadi. Bu terapiyani uqalovchilar, kineziologlar, fizioterapevtlar, gomeopatlar, manual terapevtlar tavsiya etishadi. Terapiya vaqtida tana to’qimalari va suyuqliklariga magnit maydoni ta’sir qiladi

Elektroterapiya

Elektroterapiya odam organizmiga pas kuchlanishdagi to’k orqali ta’sir ko’rsatish yordamida ichki organlarni holatini yaxshilash muolajasi hisoblanadi. To’kning ta’siri xar hil bo’ladi: qon aylanishini yaxshilydi, qon bosimini meyorlashtiradi, og’riqsizlantiradi, yaralarni bittiradi va butun organizmga kata foyda keltiradi.

Magnitoterapiya

Magnitoterapiya bu fizioterapiya muolajalaridan biri bo’lib odam tanasiga pas chastotali magnit to’lqinlar orqali ta’sir ko’rsatadi. Muolaja davo va profilaktika uchun qo’llaniladi. Magnitoterapiya moddalar almashuvini yaxshilaydi, quyuq qonni suyultiradi va xolesterin miqdorini kamaytiradi.

Lazeroterapiya

Lazeroterapiya – innovatsion texnologiyalarda biri hisoblanib ko’plab kasalliklarni davolash uchun qo’llaniladi. Bu muolajada lazerni kuchini, quvvatini va yog’du miqdorini tanlab, kerakli miqdorda davolash kursini o’tkazish mumkin. Bu muolajani qo’llash mumkin bo’lmagan kasalliklar yo’q.

Ultratovush terapiya

Ultratovush zarrachalarni mexanik tebranishi natijasida hosil bo’ladi. Ultratovush bilan bo’g’inlar kasalliklarini, mushaklarni payi cho’zilishini, revmatoid artrit kasalligini va artroz kasalliklarini davolash mumkin. Natija ishlatilgan dori vositasiga bog’liq. Ultratovush to’lqinlari terini dori vositalari uchun o’tkazuvchan qilib qo’yadi va dori vositalar tez teriga singiydi.

Umurtqani cho’zish – bel sohasini

Bu muolajamiz suyak-mushak tizimida uchraydigan ko’plab kasalliklarni oldini oladi. Cho’zish natijasida umurtqa bo’g’imlari elastik (egiluvhan) hususiyatlar kasb etadi va ularning harakatchanligi oshadi. Umurtqani cho’zish muolajasini nafaqat davo sifatida balkim profilaktik chora sifatida ham qo’llashingiz mumkin, hususan o’tirib ishlaydigan insonlar uchun.

Qisqa to’lqinli terapiya

Qisqa to’lqinli terapiya yoki induktotermiya bu elektromagnit maydoni yordamida paydo bo’ladigan yuqori chastotaga ega girdobsimon to’klar bilan davolash muolajasidir. Qisqa to’lqinlar tananing chuqur joylashgan to’qimalarigacha kirib boradi va o’sha yerda to’k hosil qiladi. Bu to’k esa bemorga issiqlik sifatida tuyuladi. Muolajamiz uchun ko’rsatmalar bu o’tkir va surunkali yallig’lanish o’chog’lari.

Galvanizatsiya

Galvanizatsiya fizioterapevtik muolajalr sirasiga kiradi ammo boshqa muolajalar bilan birgalikda qo’llaniladi. Bu muolaja organizmdagi modda almashuviga ta’sir etadi va bemorning o’zini his qilishi yaxshilanadi. Muolaja vaqtida odam tanasiga uzluksiz ko’p bo’lmagan kuchlanishga ega va pas quvvatli elektr to’ki ta’sir etadi. Ko’pincha yuz, bosh va oyoq-qo’llar kasallilarini davolashda ishlatiladi.

Magnitli bankalar

Magnitli bankalar ko’pgina kasalliklarda qo’llaniladi.plastik banka ichiga yuqori quvvatga ega magnit joylashtiriladi.bankani tanaga tekkizishingiz bilan tananing teri qatlami ko’tarila boshlaydilekin jarohatlanmaydi. Magnit maydon chuqur joylashgan to’qimalargacha yetib borib modda almashuvi va qon aylanishini yaxshilaydi.

Massaj

Massaj – bu tananing ma’lum qismlariga mexanik va reflektor ta’sir ko’rsatish usuli hisoblanadi. Bu bilan birga ta’sir xar hil bo’lishi mumkin. Massajni dava hamda profilaktika muolajasi sifatida qo’llashadi. Massaj kattalar va bolalar massaji turlariga bo’linadi. Massajdan ko’zlangan maqsad bo’g’imlar, mushaklar va terini faoliyatini yaxshilashdir.

Limfodrenaj

Ba’zi bir hollarda bizning lifa tizimimizda limfani oqishi buzuladi. Buning natijasida moddalar almashuviga putur yetadi, to’qimalar yangilanishi sekinlashadi va selulit hosil bo’ladi. Limfodrenaj yig’ilib qolgan suyuqliklarni oqib ketishi uchun nihoyatda zarur va shuningdek bu muolaja tana uchun umuman havfsiz.

Elektroto’k

Fizioterapiyada elektroto’k ko’plab kasalliklarga qarshi kurashishda juda muhim ro’l o’ynaydi. Elektroto’k ma’lum bir ritmda maxhsus jihoz yordamida umuman odam tanasiga ta’sir ko’rsatadi. Bu muolaja qandli diabet, semirish va og’riq sindromida qo’llaniladi.

Kuydirish

Kuydirish bu refleksoterapiyani bir ko’rinishi bo’lib unda odam tanasiga issiqlik bilan ta’sir ko’rsatiladi. Kuydirish ancha yillar oldin ixtiro qilingan va ko’pgina surunkali kasalliklarni hamda kritik holatlarni davolash uchun ishlatiladi. Teri kasalliklarida qo’llaniladi, qon aylanishini yaxshilaydi, asab tizimini tinchlantiradi va odam tanasini yoshartiradi.

Kapelnitsa

Kapelnitsa bu dori vositalarini odam organizmiga kiritishni eng tez va samarali usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida birdaniga birnecha dori vositalarini qonga yuborish mumkin. Kapelnitsani nafaqat kasaliklarda balkim organizmni vitamin zahirasini boyitish uchun ham ishlatsa bo’ladi.

M/I va V/I

Mushak ichiga ineksiya eng havfsiz deb hisoblanadi. Amma shunda ham dumbani tashqi to’rtburchagiga ineksiya qilish lozim bo’ladi. Vena ichiga bo’lgan ineksiyalarni esa faqatgina professional tibbiyot hodimi bajarishi lozim. Bu ineksiyalarni tirsak chuqurchasiga qilinadi va bu ishda eng muhimi vena tomirini ichiga tusha olish hamda vena tomirini teshib yubormaslikdir.