Davolanish:

Davolanish bu tanadagi patologik o’zgarishlarni to’xtatish va sog’likni tiklashga qaratilgan kompleksi hisoblanadi. Davolanishda konservativ va operativ yo’llar mavjud bo’lib kasallikni darajasiga qarab tanlanadi. Konservativ davolashda shifokor faqat dori vositalaridan va fizioterapevtik muolajalardan foydalanadi. Operativ davo esa birinchi navbatda o’z ichiga jarrohlik amaliyotini oladi. Jarrohlik amaliyoti esa o’z navbatida palliativ va radikal turlarga bo’linadi. Radikal jarrohlik bilan davolanish bu bir marotabalik operatsiya yordamida bemorni ahvolini butkul tuzatishga qaratilga.

Kimyoviy terapiya

Bu onkologik kasallarni davolash usullaridan biri hisoblanadi. Bu davo o’z ichiga kimyoviy preparatni bemorga berishni oladi. Kimyoviy preparat saraton hujayralarini o’limga olib keladi, ammo saraton hujayralarini atrofidagi sog’lom hujayralarni ham tanlamasdan o’ldiradi. Shu jihatdan kimyoviy terapiyaning salbiy ta’siri ko’p.

Kapelnitsa

Kapelnitsa bu dori vositalarini odam organizmiga kiritishni eng tez va samarali usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida birdaniga birnecha dori vositalarini qonga yuborish mumkin. Kapelnitsani nafaqat kasaliklarda balkim organizmni vitamin zahirasini boyitish uchun ham ishlatsa bo’ladi.

M/I va V/I

Mushak ichiga ineksiya eng havfsiz deb hisoblanadi. Amma shunda ham dumbani tashqi to’rtburchagiga ineksiya qilish lozim bo’ladi. Vena ichiga bo’lgan ineksiyalarni esa faqatgina professional tibbiyot hodimi bajarishi lozim. Bu ineksiyalarni tirsak chuqurchasiga qilinadi va bu ishda eng muhimi vena tomirini ichiga tusha olish hamda vena tomirini teshib yubormaslikdir.