Davolanish:

Davolanish bu tanadagi patologik o’zgarishlarni to’xtatish va sog’likni tiklashga qaratilgan kompleksi hisoblanadi. Davolanishda konservativ va operativ yo’llar mavjud bo’lib kasallikni darajasiga qarab tanlanadi. Konservativ davolashda shifokor faqat dori vositalaridan va fizioterapevtik muolajalardan foydalanadi. Operativ davo esa birinchi navbatda o’z ichiga jarrohlik amaliyotini oladi. Jarrohlik amaliyoti esa o’z navbatida palliativ va radikal turlarga bo’linadi. Radikal jarrohlik bilan davolanish bu bir marotabalik operatsiya yordamida bemorni ahvolini butkul tuzatishga qaratilga.

Ignaterapiya

Ignaterapiya birinchi bo’lib qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Mutaxassis bemorning tanasini maxsus nuqtalariga igna sanchiydi. Bu esa o’z navbatida ko’plab kasalliklarni davolashda va oldini olishda yordam beradi. Ignaterapiya orqali shifokor inson organizmini ko’plab nuqtalariga ta’sir ko’rsatadi va bu nuqtalar esa o’z navbatida organlarni faoliyatini yaxshilaydi.

Magnit lampa

Magnit lampa bilan davolash qadimda paydo bo’lgan. Bugungi kun tibbiyotida bu uslub koplab kasalliklarda juda effektiv hisoblanadi. Bu terapiyani uqalovchilar, kineziologlar, fizioterapevtlar, gomeopatlar, manual terapevtlar tavsiya etishadi. Terapiya vaqtida tana to’qimalari va suyuqliklariga magnit maydoni ta’sir qiladi

Vakuumli bankalar

Vakuumli bankalar bilan davolash ko’krak qafasi bilan bog’liq kasalliklarda (bronxit, zotiljam), radikulit, osteoxondrozda, qovurg’alar aro nevralgiyalar va miozitlarda juda foydali. Vakuumli bankalarni to’g’ri qo’yish juda muhim. Faqatgina to’g’ri qo’yilganda bu jarayondan maksimal darajada foyda ko’rish mumkin.

Blokada

Yildan yilga tibbiyotda blokadalardan foydalanish o’sib bormoqda. Blokadalarni nafaqat ginekologiya yoki akusherlikda balkim travmatologiya, ortopediya, urologiya va xirurgiyada qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan shikoyat bu og’riqdir va blokada aynan shu shikoyatni bartaraf etish uchun o’lab topilgan. Og’riqni yo’q qilish usullari juda ko’p, lekin eng samarali usuli bu blokada yordamida.

Kapelnitsa

Kapelnitsa bu dori vositalarini odam organizmiga kiritishni eng tez va samarali usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida birdaniga birnecha dori vositalarini qonga yuborish mumkin. Kapelnitsani nafaqat kasaliklarda balkim organizmni vitamin zahirasini boyitish uchun ham ishlatsa bo’ladi.

M/I va V/I

Mushak ichiga ineksiya eng havfsiz deb hisoblanadi. Amma shunda ham dumbani tashqi to’rtburchagiga ineksiya qilish lozim bo’ladi. Vena ichiga bo’lgan ineksiyalarni esa faqatgina professional tibbiyot hodimi bajarishi lozim. Bu ineksiyalarni tirsak chuqurchasiga qilinadi va bu ishda eng muhimi vena tomirini ichiga tusha olish hamda vena tomirini teshib yubormaslikdir.