Davolanish:

Davolanish bu tanadagi patologik o’zgarishlarni to’xtatish va sog’likni tiklashga qaratilgan kompleksi hisoblanadi. Davolanishda konservativ va operativ yo’llar mavjud bo’lib kasallikni darajasiga qarab tanlanadi. Konservativ davolashda shifokor faqat dori vositalaridan va fizioterapevtik muolajalardan foydalanadi. Operativ davo esa birinchi navbatda o’z ichiga jarrohlik amaliyotini oladi. Jarrohlik amaliyoti esa o’z navbatida palliativ va radikal turlarga bo’linadi. Radikal jarrohlik bilan davolanish bu bir marotabalik operatsiya yordamida bemorni ahvolini butkul tuzatishga qaratilga.

Elektroforez

Elektroforez (elektro... va yun. — siljish), galvanoterapiya, dorili elektroforez — organizmga oʻzgarmas tok va shifobaxsh moddalar bilan taʼsir etib davolash usuli; bunda organizmga dorilar past kuchlanishli oʻzgarmas elektr toki (galvanik tok) yordamida (teri yoki shilliq qavatlar) ion holida kiritiladi. E. zaryadlangan zarralar — ionlarning elektr toki taʼsirida qarama-qarshi zaryadlangan elektr tomon (yaʼni musbat zaryadlangan ionlar manfiy elektrodga va manfiy zaryadlangan ionlar musbat elektrodga) harakatlanishiga asoslangan. Bunda dorilar oddin teriga yigʻilib, ionlar deposini hosil qiladi. Depodan dorilar qonga asta-sekin oʻtadi va uzoq vaqt saqlanadi hamda butun organizmga yoki biror aʼzoga taʼsir etadi. Elektroforezning induktotermiya bilan birga olib borilishi i n duktoelektroforez deyiladi.

Tubus-kvats-lampa

Tubus Kvarts Lampa orqali bemor yoki xonani ultrabinafsha nurlari bilan yoritish amalga oshiriladi. Bunday yoritilish kam hajmlarda bemorlarga zarar keltirmaydi va aksincha ularga bu jarayon organizmni tiklanishini stimullaydi, asab tizimini yaxshilaydi.

Название анализа

Разнообразный и богатый опыт дальнейшее развитие различных форм деятельности в значительной степени обуславливает создание дальнейших направлений развития. Задача организации, в особенности же рамки и место обучения кадров способствует подготовки и реализации позиций, занимаемых участниками в отношении поставленных задач.

Dorsenval

Dorsenval – kam kuchga ega o’zgaruvchan impulsli to’k yordamida inson organizmiga o’zining yuqori chastotasi va quvvati bilan ta’sir ko’rsatadigan asbobdir.darsonval teri kasalliklarida, asab kasalliklarida va jinsiy gormonlar bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarda keng qo’llaniladi. Ko’plab tabletka va kosmetik vositalardan ko’ra afzalroqdir.

Dorili ingalyatsiya

Bu dorilarni nafas olish jarayonida par youki tutun orqali yuborish metodi hisoblanadi. Dori maxsus apparatga joylashtiriladi va bemor dorini bug’ bilan nafas orqali qabul qiladi. Dori vositasi shu yo’l orqali upkaga kirib ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bu jarayon nafaqat davolov uchun qo’llanadi balkim profilaktika uchun ham. Ingalyatsaning yaxshi tomoni uning havfsizligidadir.

Massaj

Massaj – bu tananing ma’lum qismlariga mexanik va reflektor ta’sir ko’rsatish usuli hisoblanadi. Bu bilan birga ta’sir xar hil bo’lishi mumkin. Massajni dava hamda profilaktika muolajasi sifatida qo’llashadi. Massaj kattalar va bolalar massaji turlariga bo’linadi. Massajdan ko’zlangan maqsad bo’g’imlar, mushaklar va terini faoliyatini yaxshilashdir.

Magnit lampa

Magnit lampa bilan davolash qadimda paydo bo’lgan. Bugungi kun tibbiyotida bu uslub koplab kasalliklarda juda effektiv hisoblanadi. Bu terapiyani uqalovchilar, kineziologlar, fizioterapevtlar, gomeopatlar, manual terapevtlar tavsiya etishadi. Terapiya vaqtida tana to’qimalari va suyuqliklariga magnit maydoni ta’sir qiladi

UVCh

UVChterapiyada ultra yuqori chastotali oʻzgaruvchan elektr maydonidan foydalaniladi, bunda davo zararlangan joyga qoʻyiladigan kondensator plastinkalar bilan bilinarbilinmas issiqtik taʼsir ettirib oʻtkaziladi. UVCH yalligʻlanishga qarshi taʼsir koʻrsatadi, tomirlarni kengaytiradi, toʻqimalar oziqlanishini yaxshilaydi va ogʻriqni kamaytiradi.

Parafin

Parafin bilan davolash, - parafindan davo maqsadida foydalanish; asosan, applikatsiya, bogʻlov, vanna yoki maska holida qoʻllanadi. Davo kursi 10—25 marta, kunda yoki kunora qoʻyiladi. Parafin ogʻriq qoldirish va soʻrib olish xossasiga ega, moddalar almashinuvi, qon aylanishi, toʻqimalar oziqlanishini kuchaytiradi, chandiqlanishga yoʻl qoʻymaydi. Boʻgʻimlar, pay qini, boylam va muskullarning oʻtkir va su-runkali kasalliklarida; shikastlarda, nerv sistemasining ogʻriq bilan kechadigan kasalliklari (radikulit, ishias, nevrit, nevralgiya)sl, trofik yara, ovqat hazm qilish sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, kolit, ga-stritda)

Elekromatras

Elekromatras to’k yordamida ishlaydi va tanani qizdirishga yordam beradi. Muolaja vaqtida bemorda huddi iliq isitguvchi ichida yotgandek hissiyot paydo bo’ladi. Elekromatras bu havfsiz uskuna bo’lib ko’p yillardan beri bemorlarda sinalgan. Shunungdek unda massaj funksiyasi mavjud bo’lib undan ko’pgina bemorlar foydalanishadi. Elekromatrasni o’zi yumshoq bo’lib hamma simlari ichida joylashgan. Ularni sezish mumkin emas va ular butunlay izolatsiya qilingan.

Kapelnitsa

Kapelnitsa bu dori vositalarini odam organizmiga kiritishni eng tez va samarali usuli hisoblanadi. Bu usul yordamida birdaniga birnecha dori vositalarini qonga yuborish mumkin. Kapelnitsani nafaqat kasaliklarda balkim organizmni vitamin zahirasini boyitish uchun ham ishlatsa bo’ladi.

M/I va V/I

Mushak ichiga ineksiya eng havfsiz deb hisoblanadi. Amma shunda ham dumbani tashqi to’rtburchagiga ineksiya qilish lozim bo’ladi. Vena ichiga bo’lgan ineksiyalarni esa faqatgina professional tibbiyot hodimi bajarishi lozim. Bu ineksiyalarni tirsak chuqurchasiga qilinadi va bu ishda eng muhimi vena tomirini ichiga tusha olish hamda vena tomirini teshib yubormaslikdir.