Tekshiruv:

Tekshiruv yoki diagnostika – bu shunday jarayonki, u yordamida inson organizmida bo’lib o’tayotgan fiziologik va patologik omillarni aniqlash va samarali davolash mumkin. Tekshiruv davolanishga qaraganda ancha arzon va birnecha barobar tez amalga oshiriladi. Tekshiruvdan o’tish uchun inson kasal bo’lishi shart emas. Tekshiruvdan har 1 -2 yilda profilaktik. Ayrim hollarda kasallik simptomlari kam, chalkash boʻlishi yoki tipik boʻlmasligi mumkin. Bunday hollarda differensial D. usuli qoʻllaniladi: vrach bemorda topilgan simptomlarni taxmin qilinayotgan kasalliklarga mos kelish-kelmasligini mukammal tahlil qilib, taxmin qili-nayotgan kasalliklarni hisobdan chiqara boradi va shu yoʻl bilan muayyan xulosaga kelgach, kasallikka tashhis qoʻyadi.

Elektrokardiografiya (EKG)

Elektrokardiografiya (elektro., kardio... va gramma) (EKG) — yurak muskuli ishlayotganda hosil boʻlgan elektr impulslari yozib olingan egri chiziq. E. elektrokardiograf yordamida qogʻozga yoki fotoplyonkaga tushiriladi. Butun gavdaga tarqaluvchi yurak toklari (harakat toklari) EKG si gavdaning turli qismlari (koʻkrak qafasi, qoʻl va oyoqlar)ga oʻrnatilgan va elektrokardiografga ulangan elektrodlar bilan yozib olinadi.

Elektroensefalografiya (EEG)

EEG bosh miyani tekshiruv usullaridan biri hisoblanadi. Maxsus elektrodlar yordamida bosh miyada hosil bo’lgan elektr impulslarini qayd qilish mumkin. Tekshiruv natijasida ko’plab bosh miya hastaliklarini aniqlash mumkin. Diagnostika tez va og’riqsiz o’tadi.