Nevrapotolog

Nevrologiya bu markaziy asab sistemasi kasalliklari bilan shug’ullanadigan, ularni kelib chiqish sabablarini o’rganadigan va ularni davolashga o’z e’tiborini qaratgan tibbiyotning bir qismidir. <br> Nevrologiya (nevr… va …logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funksiyalari, uning filogeneza va ontogenez" qonuniyatlari toʻgʻrisidagi tibbiy-biologik fan. Nevrologiyaning boʻlimlari — nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi, embriologiyasi, neyrofiziologiyasi, patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiyena va boshqa qadimgi dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar maʼlumotlarga ega boʻlgan

Bu kasalliklarni davolaydigan sjifokor esa nevropatolog deb nomlanadi Nevrologiya to’g’ridan to’g’ri neyrojarrohlik, pediatriya va psihiatriya bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Nevrolog oliy tibbiy ma’lumotga ega bo’lishi lozim va bu yo’nalishda amaliy tajribaga ega bo’lishi kerak. <br> Nevropatolog avvalam bora asab kasalliklariga tashxis qo’yadi so’ng daolash ishlarini boshlaydi. Asab tizimini buzulishlari o’ziga hos bo’lmagan ko’pgina simptomlarga ega. Shuning uchun ko’pincha asab kasalliklariga chalingan insonlarni nevropatolog huzuriga terapevt shifokori yuboradi. Nevropatologik kasalliklar bosh yoki orqa miyyani qattiq lat yeyishida va shikastlanishlarida ko’zga tashlanadi va shuningdek bo’g’im tog’ayini shikastlanishi lekin shunday tug’ma xarakterdagi kasalliklar borki bularga Turetto sindromi, leykodistrofiya, Kruzon sindromi, Dendi-Volker sindromi, Vilson-Konovalova kasalligi va neyrofibromatozlar kiradi.

Qanday hollarda nevrolog konsultatsiyasi lozim bo’ladi? <br> Ko’pincha insonlarda bel va bo’yin qismida og’riqlar paydo bo’ladi. Biz bu og’riqlarni harchoqga yo’yamiz. Agar bu og’riqlar yana qaytarilsa mutaxassis ko’rigiga boorish lozim. Bel va bo’yindagi og’riqlar osteoxondroz, skalioz va hatto churra kabi kasalliklarning belgisi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari tanadagi og’riqlar nerv tolalarining yallig’lanishi yani nevralgiya boshlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin. Tez tez uchraydigan xar hil xarakterli bosh og’riqlari mutaxassisni ko’rigiga kelish uchun yetarlicha sabab bo’ladi.

Uyqusizlik, mushaklardagi og’riqlar, ko’rish va so’zlashishda nuqsonlar paydo bo’lishi, boshqarib bo’lmaydigan tana xarakatlari, hotiraning buzulishi e’tibordan chetda qolishi mumkin emas. Ko’rik vaqtida mutaxassis birinchi navbatda bemorning shikoyatlarini o’rganib chiqishi va tashqi ko’rik o’tqazishi, reflekslarni tekshirishi va undan keyingina maxsus testlani o’tqazishi xarakat, so’zlashuv, ko’rish , koordinatsiya olish funksiyalarini baholashi lozim. Faqatgina shundan keyin shifokor qo’shimcha tahlillar va ko’riklar o’tkazish lozimligini hal qiladi.