Nevropatolog

Nevropatolog bu markaziy asab tizimi kasalliklari bilan shug’ullanadigan, ularni kelib chiqish sabablarini o’rganadigan va ularni davolashga o’z e’tiborini qaratgan tibbiyotning bir qismidir.

Nevrologiya (nevr… va …logiya) — odam va hayvonlar nerv sistemasining tuzilishi hamda norma va patologik holatlardagi funksiyalari, uning filogeneza va ontogenez" qonuniyatlari toʻgʻrisidagi tibbiy-biologik fan. Nevrologiyaning boʻlimlari — nerv sistemasining anatomiyasi, gistologiyasi, embriologiyasi, neyrofiziologiyasi, patofiziologiya, shuningdek, nevropatologiya, bolalar nevropatologiyasi, nevrogigiyena va boshqa qadimgi dunyo tibbiyoti neyromorfologiyadan elementar maʼlumotlarga ega boʻlgan Bu kasalliklarni davolaydigan sjifokor esa nevropatolog deb nomlanadi Nevrologiya to’g’ridan to’g’ri neyrojarrohlik, pediatriya va psihiatriya bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq. Nevrolog oliy tibbiy ma’lumotga ega bo’lishi lozim va bu yo’nalishda amaliy tajribaga ega bo’lishi kerak. Nevropatolog avvalam bora asab kasalliklariga tashxis qo’yadi so’ng daolash ishlarini boshlaydi. Asab tizimini buzulishlari o’ziga hos bo’lmagan ko’pgina simptomlarga ega. Shuning uchun ko’pincha asab kasalliklariga chalingan insonlarni nevropatolog huzuriga terapevt shifokori yuboradi. Nevropatologik kasalliklar bosh yoki orqa miyyani qattiq lat yeyishida va shikastlanishlarida ko’zga tashlanadi va shuningdek bo’g’im tog’ayini shikastlanishi lekin shunday tug’ma xarakterdagi kasalliklar borki bularga Turetto sindromi, leykodistrofiya, Kruzon sindromi, Dendi-Volker sindromi, Vilson-Konovalova kasalligi va neyrofibromatozlar kiradi. Qanday hollarda nevrolog konsultatsiyasi lozim bo’ladi?

Ko’pincha insonlarda bel va bo’yin qismida og’riqlar paydo bo’ladi. Biz bu og’riqlarni harchoqga yo’yamiz. Agar bu og’riqlar yana qaytarilsa mutaxassis ko’rigiga boorish lozim. Bel va bo’yindagi og’riqlar osteoxondroz, skalioz va hatto churra kabi kasalliklarning belgisi bo’lishi mumkin. Bundan tashqari tanadagi og’riqlar nerv tolalarining yallig’lanishi yani nevralgiya boshlanishi haqida ma’lumot berishi mumkin. Tez tez uchraydigan xar hil xarakterli bosh og’riqlari mutaxassisni ko’rigiga kelish uchun yetarlicha sabab bo’ladi. Uyqusizlik, mushaklardagi og’riqlar, ko’rish va so’zlashishda nuqsonlar paydo bo’lishi, boshqarib bo’lmaydigan tana xarakatlari, hotiraning buzulishi e’tibordan chetda qolishi mumkin emas. Ko’rik vaqtida mutaxassis birinchi navbatda bemorning shikoyatlarini o’rganib chiqishi va tashqi ko’rik o’tqazishi, reflekslarni tekshirishi va undan keyingina maxsus testlani o’tqazishi xarakat, so’zlashuv, ko’rish , koordinatsiya olish funksiyalarini baholashi lozim. Faqatgina shundan keyin shifokor qo’shimcha tahlillar va ko’riklar o’tkazish lozimligini hal qiladi. Xar bir bolakayni hayotidagi muhim shifokorlardan biri bu bolalar nevropatologi. Bu kasb sohibi bolalarni tug’ilganidan to 15 yoshiga qadar davolaydi. Bolalar nevropatologi ikki turga bo’linadi: Birinchisi tug’ilganidan 7 yoshgacha qaraydigan nevropatolog. Ikkinchisi 7 yoshdan to 15 yoshgacha qaraydigan nevropatolog.

Nevrologiya bu markaziy asab sistemasi kasalliklari bilan shug’ullanadigan, ularni kelib chiqish sabablarini o’rganadigan va ularni davolashga o’z e’tiborini qaratgan tibbiyotning bir qismidir. Agar statistic ma’lumotlarga qaraydiga bo’lsak xar bir 5 go’dakda markaziy asab tizimini buzulishlari uchraydi. Shu buzulushlar bilan nevropatolog shug’ullanadi. Davolanish bolani hayot tarzini pasayishiga olib keladigan asoratlarni oldini olish uchun juda muhim. Bolalar nevropatologi yuqori malakali mutaxassis bo’lishi bilan birgalikda tashxis qo’yishni uddalay bilishi lozim. Shuni ta’kidlash lozimki bolalar asab tizimi yaxshi rivojlanmagan bo’ladi va o’sish jarayonida shakllanib boradi. Shuning uchun bu tizim mutaxassis ko’rigiga muxtoj. Agar kichik bo’lsa ham bironta kasallik ko’zdan qochirilsa bu kelajakda bolakayni nogiron bo’lib qolishiga hattoki o’limiga olib kelishi mumkin. Bolalar nevropatologi periferik asab tizimini va ularni funksional buzulishlarini davolash bilan shug’ullanadi. Nevrolog ko’rigini har 3 oyda 1 yoshgacha bo’lgan bolalarda, 1 yoshdan yuqori bo’lganlar yilda 1 marotaba o’tishlari lozim. 1 yoshgacha shifokor bolani haddan ziyod ta’sirchanligiga, uyqusizligiga, bosh miya travmalariga ahamiyat qaratishi kerak. Bolalar nevropatologi bosh miyaga alohida e’tibor qaratishi lozim. Uning vazifasi bosh miyasini rivojlanishini, qon aylanishidagi buzilishlarini tekshirishi lozim. Ota-onalar agar o’z farzandlarida quidagi belgilarni: tez-tez takrorlanadigan bosh og’riqlari, mushaklarni tortishishi, duduqlanish va so’zlashishni jarayonini buzulishi, 5 yoshdagi enurez holati, hushsizlik holatlari ko’rganida darhol nevropatolog ko’rigiga bolalarini olib borishlari zarur.