Sogʻliqni saqlash tizimida qanday oʻzgarishlar kutilmoqda?

Nihoyat, Oʻzbekistonda robotlashtirilgan jarrohlik, radiojarrohlik, fotodinamik terapiya kabi yuqori texnologiyali davolash usullari rivojlantiriladi, shifoxonalarda davolanuvchilar soni sezilarli darajada kamayadi. Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov yaqin oʻn yilda respublika tibbiyot muassasalari faoliyatida kuzatiladigan oʻzgarishlar haqida soʻz yuritdi.

Uch bosqichli rivojlanish dasturi

Yaqin yillarda sogʻliqni saqlash tizimining rivojlanishini shartli ravishda uch bosqichga taqsimlash mumkin. Oʻzgarishlarning bari Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tavsiyalariga muvofiq eng yaxshi zamonaviy profilaktika, kasalliklar diagnostikasi va davolash tajribasi bilan xarakterlanadi.

2019-2020 yillarga toʻgʻri keluvchi birinchi bosqichda sogʻliqni saqlash tizimini qayta yoʻnaltirishni rejalashtiryapmiz. Shifokorlarning asosiy vazifasi kasalliklar profilaktikasi boʻladi. Buning uchun birlamchi tibbiy-sanitar yordam tarmogʻini optimallashtirish jarayonini oʻtkazish, faoliyatni bemorning ogʻriqdan aziyat chekib shifokorga murojaat qilishidan emas, balki kasalliklarni erta bosqichda aniqlashga yoʻnaltirish kerak boʻladi. Bu patronaj va reabilitatsion ishlarni kuchaytirishni talab qiladi. Eng keng tarqalgan kasalliklarni aniqlash uchun ommaviy skriningni rivojlantiramiz. Birinchi zveno tibbiyot muassasalari u yoki bu kasalliklarni aniqlash maqsadida aholini ommaviy koʻrikdan oʻtkazish tashabbusi bilan chiqadi.

Sogʻlom turmush tarzi

“Sogʻlom ovqatlanish” dasturlarini amalga oshirish yoʻli bilan notoʻgʻri ovqatlanishni erta bosqichda aniqlash va kasalliklar profilaktikasiga katta eʼtibor qaratiladi. Dastur shuningdek ortiqcha vazndan aziyat chekuvchi kishilarni parhezli ovqatlanish bilan taʼminlashni ham oʻz ichiga oladi.

Maslahat kerakmi?