Olimlar grippning "eng xavfli turi"ni aniqlashdi va Grippning “nozik” tomoni topildi

Jon Hopkins universiteti olimlari yangi aniqlangan «CladeX» gripp virusi shtammi global epidemiyaga sababchi bo‘lishidan xavotirda. Ular aniqlagan 400 nafarga yaqin bemorning 50 nafari olamdan o‘tgan. Bu grippning ilk o‘choqlari Germaniya va Venesuelada aniqlandi, deb yozmoqda «Xabar» nashri.Bemorlar yo‘tal va bosh og‘rig‘idan shikoyat qilayotganiga asoslanib, olimlar bu virusni «respirator»lar oilasiga kiritishdi, ya’ni u havo orqali yuqadi. Kasallikning 

Yangi toifa virusni yuqtirganlar davolanish olmasa ensefalit (bosh miyaning yallig‘lanishi) kasalligini orttirib olishi va koma holatiga tushishi mumkin.

Ammo eng qo‘rqinchlisi bu emas. Agarda o‘z vaqtida vaksina ishlab chiqilmasa, virus xuddi oddiy gripp kabi odamdan odamga ko‘chib o‘ta boshlaydi. Buning oqibatida sayyoramizdagi qariyb 900 million nafar insonni «CladeX» virusi zaharlashi ehtimoli bor.

Britaniyalik olimlar gripp virusi qobigʻida strukturasi oxirgi 50 yil ichida oʻzgarmagan qismini topib, uni ushbu kasallikdan yana bir universal vaksina yaratish uchun qoʻllashdi.

“Bunday yondashuvni nafaqat grippdan, balki biz normal kurasha olmaydigan boshqa koʻplab kasalliklarga vaksina yaratish uchun qoʻllash mumkin. Ehtimol, yaqin orada vaksinalar yaratishda haqiqiy inqilob yuz berishi mumkin”, deb aytgan Oksford universiteti olimi Kreyg Tompson.

Olimlarning fikricha, virus oʻtmishda qanday evolyutsiya qilgani va uning qaysi qismlari eng kam oʻzgarganini tahlil qilish bilan sariq kasal va OIVdan vaksinalar yaratish mumkin.

Maslahat kerakmi?