Oftalmolog

Oftalmolog bu ko’z bilan bog’liq bo’lgan kasalliklarni tashhisini qo’yadigan va ularni davolash bilan shug’ullanadigan shifokor hisoblanadi. Oftalmologni xalq orasida ko’pincha oculist deb ham nomlashadi. Oftalmologiya (oftalmo… va … logiya) — koʻzning normal holati va kasalliklarini oʻrganadigan fan. Klinik tibbiyotning bir boʻlimi. Oftalmologiya bu ko’z va uni tashkil etuvchi barcha qisimlarni o’rganadigan tibbiyotning bir yo’nalishi hisoblanadi.Koʻz — koʻrish aʼzosi; umurtqasiz baʼzi hayvonlar (jumladan, hasharotlar, boshoyoqli mollyuskalar), umurtqali barcha hayvonlar va odam yorugʻlik taʼsirlarini K. bilan sezadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksarisida bir qadar murakkab koʻrish aʼzolari (mas, fasetkali koʻzlar) K. vazifasini oʻtaydi. Umurtqali hayvonlar va odamning juft K.lari kallaning koʻz kosalarida (orbitalarda) joylashgan boʻlib, K. soqqasi (koʻrish analizatorining periferik qismi — asli koʻz) va yordamchi qismlar (K. qovoklari, K. yoshi apparatlari va koʻzni harakatlantiruvchi muskullar)dan iborat. K. soqqasi (diametri 22–24 mm cha) koʻrish yoʻli orqali bosh miya bilan bogʻlangan.

Koʻz kasalliklari — ko'z soqqasi, qovoq, konʼyunktiva, koʻz yoshi aʼzolari va koʻz kosasi kasalliklari. Yaqindan va uzoqdan koʻrolmaslik, koʻz astigmatizm ham koʻz kasalliklariga kiradi. Koʻz kasalliklari tugʻma va hayotda orttirilgan, yuqumli va yuqumsiz, oʻtkir va surunkali, bitta yoki ikkala koʻzda boʻladi.

Organizmning umumiy kasalliklari: infeksion (sil, zaxm, revmatizm, gripp, difteriya, tiflar va boshqalar), parazitar (har xil gelmintlar, mas, exinokokklar qoʻzgʻatadigan), endokrin (qandli diabet va h.k.), qon tomir (gipertoniya kasalligi va boshqalar) kasalliklari, qon kasalliklari (leykoz), oʻsmalar (rak, sarkoma va boshqalar), markaziy nerv sistemasi kasalliklari (meningit, miya oʻsmasi), shuningdek, burun boʻshligidagi patologik jarayonning atrofga tarqalishi koʻz kasalliklariga sabab boʻladi. Koʻzga infeksiya tushishi, mexanik, kimyoviy (kislota va ishqorlar) va fizik omillar (issiqlik, yorugʻlik, radioaktiv nur)dan shikast yetishi ham koʻz kasalliklariga olib keladi. Glaukoma, traxoma kabi kasalliklarda, koʻz ogʻir shikastlanganda va kuyganda, koʻrish nervi atrofi yaxshi kishi vaqtida davolanmasa, koʻr boʻlib qolishi mumkin. Koʻz kasalliklarining paydo boʻlish sabablari, davosi va oldini olish masalalarini oftalmologiya oʻrganadi.

Ko’z kasalliklarini davolashda eng muhimi yaxshi oftalmolog shifokorni toppish zarur. Shifokor davolashda dori-darmonlardan tashqari xar-hil fizioterapevtik va ko’z uchun maxsus bo’lgan mashqlardan foydalanadi. Oftalmolog huzuriga borish uchun kasal bo’lish shart emas. Odam o’z ko’zlarini kasalliklardan saqlash uchun yilda ikki maotaba oftalmolog ko’rigidan o’tishlari tavsiya etiladi. Ayniqsa computer va electron asbob-uskunalaardan ko’p foydalanadiganlar. Shuni yodda tutish zarurki biz 90% ma’lumotni ko’zlarimiz yordamida qabul qilamiz. Shuning uchun ko’zni sog’lom bo’lishu juda muhim.