Oftalmologiya

Oftalmologiya (oftalmo… va … logiya) — koʻzning normal holati va kasalliklarini oʻrganadigan fan. Klinik tibbiyotning bir boʻlimi.
Ilgari ko‘rish qobiliyatining zaiflashuvini ko‘zoynaklaru oz miqdordagi muolajalar bilan davolash mumkin bo‘lgan, xolos. Bugunga kelib esa ko‘z bilan bog‘liq har qanday muammo ilg‘or texnologiyalar yordamida hal etilmoqda.Ko‘z operatsiyalar boshqa jarrohlik amaliyotlaridan tubdan farq qilsa-da, ko‘pchilik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlardan havotirga tushadi. Bu turdagi davo usullari qay hollarda mumkin-u, qay vaziyatlarda qo‘llanilmasligi ham qiziq, aslida. Quyida ushbu masala haqida suhbatlashamiz.jarayonning kechishi Amaliyot boshlanishidan 4 soat avval taomlanish, yuz-ko‘zlarni kosmetika vositalaridan tozalash ayni muddao. Jarrohlik boshlangan paytda bemorning hotirjamligi, asabiylashmasligi ham muhim sanaladi. Operatsiyadan oldin dastlab ko‘zga bir necha xil tomchilar tomiziladi. Bular:

• muzlatuvchi (anastetik);
• infeksiyaga qarshi (antibiotik);
• yallig‘lanishga qarshi preparatlar.
Qovoqlarni kengaytiruvchi uskuna ko‘z yumilib-ochilishining oldini olish uchun qo‘llaniladi. Fiksatsion chiroqqa qarash paytida shifokor ko‘zni mikroskop orqali nazorat qilib turadi. Amaliyot jarayonida bemor tetik, hushyor bo‘lishi shart. Chunki uning barqaror holati amaliyot muvaffaqiyatli o‘tishini ta’minlaydi.