Onkolog

Onkologiya – bu o’simtalarni o’rganadigan tibbiyotning yonalishi bo’lib, o’simtalarni tashhisini qo’yadigan va ularni davolaydigan shifokor onkolog hisoblanadi. Onkologlar nafaqat kimyoviy terapiya yordamida davoashadi, balkim nur va hatto kerak bo’lganda jarrohlik amaliyotiga ham qo’l urushadi.Oʻsmalar,blastomalar — organizmdagi oʻzgargan va oʻzining odatdagi shakli hamda funksiyasini yoʻqotgan (sifati buzilgan) hujayralardan iborat toʻqimalarning zoʻr berib oʻsib ketishi. Oʻsma hujayralari Oʻsmaga sababchi omillar toʻxtagandan keyin ham koʻpayaveradi.Oʻsmalarnini onkologiya fani oʻrganadi. Xavfsiz (yetilgan) va xavfli (yetilmagan) Oʻsmalar farq qilinadi. Xavfsiz Oʻsimtalar atrofdagi toʻqimani itaradi, suradi, baʼzan siqib qoʻyadi, lekin ularni yemirmaydi. Xavfli Oʻsmalar tez rivojlanib, boshqa toʻqimalarga oʻsib kirib, ularni yemiradi; bunda qon tomirlarga ham shikast yetadi. Odatda, qon va limfa tomirlari devorining yemirilishi natijasida qon yoki limfaga tushgan oʻsma hujayralari turli aʼzo va toʻqimalarga metastaz beradi.

Oʻsmaning oldini olish ularning kelib chiqishiga (gigiyenik profilaktika) va rivojlanishiga qarshi (rakning klinik profilaktikasi) tadbirlardan iborat. Gigiyenik profilaktika organizmga kanserogen taʼsir koʻrsatadigan omillarni yoʻqotish yoki ularning miqdorini kamaytirishdan; klinik profilaktika esa oʻsma oldi kasalliklarini oʻz vaqtida aniqlab, davolashdan iborat. Aholi oʻrtasida muntazam (sistemali) ommaviy profilaktik tekshiruvlar oʻtkazish va ayrim aholi guruhlarini dispanserizatsiya qilish katta ahamiyatga ega. Kasallikning boshlangʻich belgilari paydo boʻlganda darhol shifokorga murojaat qilish kasallikni barvaqt aniqlashda nihoyatda muhim.

Oʻsmalarni diagnostikasi bemorni klinik instrumental tekshirish (soʻrash, kuzatish, maxsus tekshirish usullarini qoʻllash va har xil tahlillar oʻtkazish)ga asoslangan. Ichki aʼzolar (meʼda, oʻpka, tuxumdon, yoʻgʻon ichak, meʼda osti bezi va boshqalar)dagi Oʻsmani barvakt aniqlash (diagnoz qoʻyish) ancha mushkul boʻlib, bunda rentgenologik, radioizotop, endoskopik, morfologik, immunologik, kompyuter tomografiya, biopsiya olish va boshqalar maxsus tekshirish usullaridan foydalaniladi. Tibbiyot amaliyotida radioizotoplar yordamida tekshirish usullari keng qoʻllanilmoqda. Ayrim radioaktiv moddalar, mas, fosfor, yod, stronsiy, oltin va boshqalarni oʻsma hujayralari sogʻlom hujayralarga nisbatan ancha koʻp yutadi, bu esa radioizotoplarning tarqalishiga qarab Oʻ. va metastazlarni barvaqt aniqlash imkonini beradi.

Oʻsma tuzilishining morfologik xususiyatlarini aniqlash davolashning aniq usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega. Xavfli oʻsma kompleks usulda davolanadi. Oʻsma paydo boʻlgan aʼzoga, uning rivojlanish bosqichi, tuzilishiga, bemorning yoshi va boshqalarga qarab gamma va rentgen nurlari, doridarmonlar bilan davo qilinadi; lekin xirurgik usul keng qoʻllaniladi. Koʻpincha xirurgik usul nur va doridarmonlar qoʻllab davolash bilan birga olib boriladi (qarang Nur bilan davolash, Kimyoterapiya). Xavfli Oʻsmani nur bilan davolash onkologiyaning rivojlanayotgan yoʻnalishlaridan biridir. Soʻnggi yillarda organizmning himoya kuchlarini oshirishga qaratilgan immunoterapiya usulida davolash jadal olib borilmoqda. Hususan bizni klinikamzda Siz o’smaga qarshi eng yaxshi davo yo’llarini topishingiz mumkin. Bizning klinikamizda onkolog nafaqat paydo bo’lgan o’smalarni tashhis qo’yib davolaydi, balkim hali paydo bo’lmagan o’smalarni oldini olish bo’yicha maxsus davo terapiyasini ham bajaradi. Shuni bilingki onkologga qancha tez murojaat qilsangiz o’smani davolash shuncha osson bo’ladi.