Jarrohliklar

Otorinolaringologiya (oto..., yun. rhis — burun, larynx — tomoqva ...logiya), laringootorinologiya (LOR) — quloq, burun va tomoq hamda uning atrofidagi aʼzolar kasalliklarini oʻrganadigan fan. Eshituv fiziologiyasi, uning buzilishi va shunga aloqador kasalliklarni oʻrganish (audiologiya), ovoz fiziologiyasi, uning oʻzgarishi va bu oʻzgarishlarni keltirib chiqargan kasalliklarni oʻrganish (foniatriya), quloq ogʻir boʻlib qolishi, karlik sabablarini oʻrganish (surdologiya) ham O.ga kiradi. Normal va patologik sharoitda ichki quloq (asosan, labirint)ning bosh miyaning turli boʻlimlari bilan aloqasini oʻrganadigan soha otonevrologiya deb ataladi.

Operatsiyalar sfenoid sinuslarda yallig'lanish yuzaga kelganda, gaymorit, o’sma, frontit kalsalliklari aniqlanganda o’tkaziladi. Surunkali tonzillitda otorinolaringolog bodomsimon bezlarni olib tashlaydi.
Jarrohlik protsedurasini tanlasangiz sog'liqingiz bilan bog’liq muammolari butunlay davolash mumkinligiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. LOR-operatsiyalari xal hil murakkablikda bo’lgani sabab ushbu operatsiyalarda og’riqsizlanirish ham birnecha hil bo’ladi. Odatda bu mahalliy anesteziya yoki umumiy narkoz. Anesteziyani tanlash kasallik va operatsiya murakkabligiga bog'liq. Burun operatsiyasi nozik va aniq asboblar yordamida amalga oshiriladi. Zamonaviy jihozlar yordamida otorinolaringologlar gaymor sinuslaridagi kistani olib tashlashi mumkin.

Bundan tashqari, operatsiyalar boshqa o'tish qiyin bo’lgan joylarida ham amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, jarroh “quyon labi” va “bo'ri og'zini” ham to'g'rilaydi, odatda bunday operatsiyalar tabiatda tug'ma bo'lgani uchun yangi tug'ilgan yoshda amalga oshiriladi.

LOR operatsiyalari bir nechta turlarga bo'linadi: radio to'lqin (kesish radio to'lqinlari yordamida), lazer (lazer ishlatiladi), sheyver usuli (mikro pichoq yordamida). Operatsiyadan keyingi davr shifokor nazorati ostida o’tadi va operatsiya turi va kasallikning og'irligiga bog'liq. Klinikada bemorni qolishi bir necha soatdan bir necha kungacha bo’lishi mumkin. Bolalar operatsiyalari kattalarnikidan deyarli farq qilmaydi, faqtgina narkoz kichik dozalarda qo'llaniladi. Operatsiyagacha kasallikni olib bormaslik davolashni kasallikni dastlabki bosqichda boshlash kerak. Biroq, ba'zi LOR kasalliklarini davolab bo’lmaydi va jarrohlik aralashuvi muqarrar. Keyinchalik yuqori sifatli hayot tarzini olib borish uchun bemorga jarrohlik amaliyotini o’tkazish talab etiladi.