Stomatolog

Stomatolog bu og’iz bo’shlig’ini muammolarini o’rganadigan va ularga davo izlaydigan mutaxassis hisoblanadi. Hozirgi zamon stomatologiya fani terapevtik, jarrohlik, ortopedik, bolalar stomatologiyasi, ortodontiya va yuz-jagʻ jarrohligi kabi boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Terapevtik stomatologiya tish (kariyes, pulpit, periodontit, nokariyes xastaliklar) hamda ogʻiz shilliq qavati, lab, til kasalliklari diagnostikasi, davosi va profilaktikasi bilan shugʻullanadi. Jarrohlik stomatologiyasi tish olishdan tashqari yuz-jagʻ va unga qoʻshni sohalardagi yalligʻlanishlar, oʻsmalar, shikastlanishlar, tugʻma va orttirilgan nuqsonlarni oʻrganadi, ogʻiz boʻshligʻi va yuz-jagʻ operatsiyalari, plastik operatsiyalarni amalga oshiradi. Ortopedik stomatologiya ortopedik va ortodontik usullar bilan birlamchi va ikkilamchi tishlar qatori hamda tugʻma va orttirilgan tishlar nuqsonlarini davolaydi, yasama tishlar bilan tish qatori nuqsonlarini tiklaydi.

Bolalar stomatologiyasi bola rivojlanishining turli davrlarida oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda terapevtik, jarrohlik, ortopedik stomatologik yordam koʻrsatadi. Shu bilan birga stomatologik kasalliklarning kompleks profilaktikasi chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.

Stomatologik kasalliklarni davolashda turli dori-darmonlar, lazer va infraqizil nur, ultratovush, fizioterapiya usullari va h.k. dan foydalaniladi. Tishlar to’kilsa bu o’z navbatida odamni chiroyida o’z ta’sirini ko’rsatadi. Demak xar bir inson o’z tishlarini sog’ligi haqida qayg’urishi lozim va o’z vaqtida shifokor ko’rigidan o’tib turishi kerak. 99% insonlarda uchraydiga karies kasalligi tishlarni to’kilib ketishiga sabab bo’lishi mumkin. Chunki karies bora bora kichik bir nuqta holatidan butun bir tishni yemirib yuborishi mumkin. Sizda tish kariesi bor-yo’qligini aniqlash juda oson. Tish sirti rangi o’zgarishi (dog’ qoramtir yoki oqimtir bo’lishi mumkin) yoki uning tuzilishi, masalan g’adir-budurligi — kasallik paydo bo’lishidan dalolat beradigan alomatlardir. Shuningdek, ovqatlanganda tish og’rig’i, ayniqsa shirin, issiq va sovuq ta’sirida yuz beradigan kuchli og’riq ham kariesdan dalolat beradi. O’g’izdan nohush hid kelishi ham kasallik alomati bo’lishi mumkin.

Agar kasallik o’rta bosqichga o’tib ketgan bo’lsa, tishda chuqurcha paydo bo’lgan bo’ladi — odatda u til bilan osonlikcha seziladi. Biroq, «teshik» faqatgina karies tufayli sodir bo’lmaydi, aniq tashxisni faqat tish shifokori qo’yadi. Agar karies aniqlangan bo’lsa, siz ovqatlanishga o’zgartirishlar kiritishingiz, og’iz gigienasiga ko’proq e’tibor berishingiz, shuningdek tarkibida kaltsiy va ftor yuqori bo’lgan tish pastalariga afzallik berishingiz kerak. Tish shifokori huzuriga borish majburiydir. Faqat kariesni o’z vaqtida davolashgina tishlarni saqlab qolishga yordam beradi.