Terapevt

Terapevt – bu ichki kasalliklarni davolaydigan, oliy ma’lumotga ega bo’lgan yuqori malakali shifokor hisoblanadi. Ichki kasalliklarni o’rganish esa tibbiyotda terapiya deb nomlanadi.
Terapiya (yun. therapeia — davolash) — 1) konservativ usullar: doridarmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va boshqa fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh fizkultura; parhez va boshqa yoʻllar) bilan davolash; 2) ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki azolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.

Agarda Siz betob bo’lib qaysi shifokorga borishni bilmayotgan bo’lsangiz unda terapevt shifokor bunda Sizga yordam beradi va tez shifo topishingizga qo’lidan kelganicha o’z hissasini qo’shadi.
Terapevt shifokor qabulidagi bemorni qoidagicha tekshiradi:
1) Anamnez yig’g’adi (kasallik tarixi)
2) Bemorni ko’zdan kechiradi
3) Palpatsiya
4) Laboratorik hamda instrumental tekshiruvga yuboradi (qon, siydik, axlat tahlillari, UTT va boshqalar)
5) Olingan barcha ma’lumotlarni bemorning kartasiga kiritadi
6) Kerak bo’lganda bemorlik varaqasini ochadi
7) Dori-darmonlarni kerak yoki kerak emasligini aniqlaydi
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak terapevt jarrohlik amaliyoti zarur bo’lmagan barcha kasalliklarni davolaydi.

Shunga qaramay kasallar eng ko’p keladigan tashxis bu O’tkir Virusli Kasalliklar, shamollash, buyrak kasalliklari, O-I. Kasalliklari, yurak kasalliklari, nevrologik buzulishlar, surunkali charchoq, qon kasalliklari. Terapevt xonasida hechqachon kasal qo’rquv his qilmaydi, chunki terapevtda LOR yoki stomatolognikiga o’xshash asbob-uskunalar yo’q.

Malakali terapevt tashxisi aniq bo’lishi uchun doim bemorni qon tahliliga, siydik topshirishga, qonni qandga topshirishga, EKG va zarur bo’lganda UTT diagnostikasiga yuboradi. Terapevtni davo kursi konservativ bo’ladi va olingan tahlillarni natijasiga bog’liq bo’ladi. Dorilardan tashqari terapevt immunnoterapiyani ham qo’llashi mumkin.